» » O‘zbekistonda fuqarolarga ortiqcha to‘langan pensiya summasi qoldiqlari hisobdan chiqariladi

O‘zbekistonda fuqarolarga ortiqcha to‘langan pensiya summasi qoldiqlari hisobdan chiqariladi


O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvar holatiga pensiyalarni to‘g‘ri to‘lash bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan fuqarolarga ortiqcha to‘langan pensiya summasi qoldiqlari hisobdan chiqariladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020—2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Mazkur ko‘rsatmaning bajarilishi Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalarni to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют