» » Respublika yo‘l jamg‘armasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladi

Respublika yo‘l jamg‘armasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020—2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, shuningdek, avtomobil yo‘llaridan foydalanish va saqlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan foydalanish korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish korxonalari, ko‘priklardan foydalanish korxonalari, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini saqlash funksiyalari Moliya vazirligi zimmasiga yuklanadi.

Respublika yo‘l jamg‘armasi yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ijrochi organ sifatida belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют