» » Azamatjonning kasalligi uning ko‘zlaridagi quvonchni o‘g‘irlagan. Bolaning shifo topishiga hissa qo‘shaylik!

Azamatjonning kasalligi uning ko‘zlaridagi quvonchni o‘g‘irlagan. Bolaning shifo topishiga hissa qo‘shaylik!


“Daryo” tahririyatiga Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridan E’tiborxon Mamajonova 2,5 yoshli farzandi yurak porogidan aziyat chekayotgani, uni davolatishga esa oilaning qo‘li kaltalik qilayotganini aytib, murojaat qildi.

Uch farzandning onasi E’tiborxon Mamajonovaning hikoya qilishicha, 2016-yil 6-iyulda tavallud topgan uchinchi farzandi Azamatjon Xolmatov yurak porogining og‘ir formasi bilan tug‘ilgan.

Bolakay tez charchab qoladi. Ishtahasi yo‘q. Tirnoqlari va lablari ko‘kargan. Sog‘lig‘i kundan kunga yomonlashmoqda.

Tug‘ilgan kunidan beri dard bilan olishayotgan bolakay xuddi katta insonlardek jiddiy. Murg‘ak bolaning ko‘zlarida bolalarga xos bo‘lmagan so‘niqlik aks etgan.

Bemor bolaning otasi ishlaydi. Onasi uy bekasi. Azamatjon tug‘ilganidan buyon juda ko‘p vaqtini viloyat va poytaxt kardiologiya kasalxonalarida o‘tkazgan. Mutaxassislarning qaroriga ko‘ra, uning sog‘ayib ketishi uchun jarrohlik operasiyasi tez orada o‘tkazilishi kerak ekan.

Bugun tibbiyot rivojlangan, ko‘p kasalliklar O‘zbekistonning o‘zida ham davolanmoqda. Azamatjonning yuragini operatsiya qilish kerak.

Oila yaqinda Toshkent shahrida joylashgan Akfa Medline xususiy tibbiy muassasasiga murojaat qilgan. Shifokorlarning tushuntirishlaricha, Azamatjonni ikki marta operasiya qilish talab etiladi.

“Birinchi jarrohlik amaliyoti 27 million 900 ming so‘m, ikkinchisi 40 million so‘m, barchasi 67 million 900 ming so‘m bo‘ladi, deyishdi”, — dedi Azamatjonning otasi.

Oilaning moddiy taminotining nochorligi bolakayning davolanishiga, operasiya bo‘lishiga imkon bermayapti.

“Operasiya narxi juda qimmatligi sabab bunday katta miqdordagi mablag‘ni tez orada ishlab topa olmaymiz ham. Operasiyagacha bu pulni to‘play olmaymiz. Shuning uchun yordam so‘rab yaxshilarga murojaat qilishga majbur bo‘lyapman.

Saxovatli insonlardan shu o‘g‘lim Azamatjonning operasiya bo‘lib sog‘ayib ketishida, imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman. Qo‘llaridan kelganicha, imkoniyatlari boricha xolis moddiy yordam bersalar mingdan ming bor minnatdor bo‘lardim”,— deydi onasi E’tiborxon Mamajonova.

Bolaning jajji yuragi shifo topishiga hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Otasi Mamajonov Xatam Xalmatovich nomiga ochilgan

Agrobank: 8600 0423 0992 5872

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:

Mamajonov Xatam Xalmatovich

Pasport raqami: AA 1853775

Otasi Xatam Mamajonovning telefon raqami: +99893 645 29 47 (kunduz kunlari ish bilan bo‘lib, telefonga o‘z vaqtida javob berolmasligi mumkin).

Bemorning akasi Jahongirning telefon raqami:

Telegram: +99893 645 39 89



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют