» » Hindistonlik ayol dunyodagi eng keksa ona bo‘ldi

Hindistonlik ayol dunyodagi eng keksa ona bo‘ldi


Hindistonlik ayol 65 yoshida ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning otasi 80 yoshda. Shunday qilib ayol tabiiy yo‘l bilan tug‘ruqni amalga oshirgan eng keksa ayol bo‘ldi. Bungacha rekord qayd etganlar sun’iy urug‘lantirish yo‘li bilan farzand dunyoga keltirgan.

Nashrning qayd etishicha, bu tug‘ruq ayol uchun ikkinchisi bo‘lib, bundan sakkiz yil oldin u o‘g‘il farzand ko‘rgan. Shifokorlar ona va bolaning salomatligi mutlaqo yaxshi ekanligini va tez fursatlarda ularga uyga javob berishini ma’lum qildi.

Reproduksiya va tug‘ruq bo‘yicha mutaxassis Shabir Sidiqiyning aytishicha, ushbu holat tibbiyot amaliyotida noyob sanaladi.

“Odatda Hindistonda ayollarning oy ko‘rishi o‘rtacha 47 yoshida to‘xtaydi. Shundan so‘ng ularda farzand ko‘rish imkoni bo‘lmaydi. Ammo bu noyob hodisa”, — deya qayd etdi shifokor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют