» » Farg‘onada “Chorva nasl xizmat” markazi va uning hududiy bo‘limlari tashkil etildi

Farg‘onada “Chorva nasl xizmat” markazi va uning hududiy bo‘limlari tashkil etildi


Farg‘ona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Farg‘ona viloyatida “Chorva nasl xizmat” markazi va uning hududiy markazlari tashkil etildi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2019–2021-yillarda Farg‘ona viloyatida go‘sht yo‘nalishidagi bo‘rdoqichilik komplekslarini tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Viloyatda chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”.

Yo‘l xaritasida belgilangan tadbirlarga ko‘ra, chorvachilikda sun’iy urug‘lantirish ishlarini yanada rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida viloyat bo‘yicha jami 325 ta shoxobcha tashkil etish, sun’iy urug‘lantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida doimiy faoliyat olib boruvchi o‘quv kursini tashkil etish, shuningdek har bir tumanda ikki-uchtadan 200-500 boshga mo‘ljallangan qoramolchilik bo‘rdoqichilik xo‘jaligini tashkil etish nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют