» » Toshkentdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

Toshkentdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi


Bugun, 28-dekabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidiga Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o‘g‘li imom-xatib etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Abdurahmonov Yahyo 1999—2003-yillarda Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasini tamomlagan. 2004—2008-yillarda Toshkent islom institutida ta’lim olgan. Misr davlatidagi “al-Azhar” universitetida malaka oshirgan. 2009—2011-yillarda O‘zbekiston milliy universitetining Oliy jurnalistika fakultetida o‘qigan. 2004—2018-yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumani “Kulol qo‘rg‘on” jome masjidida imom noibi, imom-xatibi vazifalarida ishlagan. Ayni vaqtda Toshkent islom institutida “Tajvid” fani o‘qituvchisi va Xalqaro islom akademiyasining mustaqil tadqiqotchisi hisoblanadi.

2018-yilda Toshkent shahridagi tumanlararo qorilar musobaqasining mutlaq g‘olibi, shahar bo‘yicha 2-o‘rin sohibi bo‘lgan. 2018-yilda “Eng ma’rifatli imom” ko‘rik tanlovi Toshkent shahridagi bosqichi g‘olibi, Respublika bosqichida esa 2-o‘rinni egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют