» » Andijonlik ota-o‘g‘il Qirg‘iziston bilan chegarada 26 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Andijonlik ota-o‘g‘il Qirg‘iziston bilan chegarada 26 ming dollar bilan qo‘lga tushdi


Joriy yilning 17-dekabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdordagi xorijiy valyutaning mamlakat hududidan noqonuniy tarzda chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Viloyatning Paxtaobod tumanidagi Gulzor MFYda yashovchi 34 yoshli N.T. 2007-yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.D. orqali noqonuniy ravishda aylanma yo‘llar bilan oldindan tanish bo‘lgan Manas ismli Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosiga 26 ming AQSh dollari miqdoridagi xorijiy valyutani o‘tkazib berayotgan vaqtida chegara qo‘shinlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют