» » O‘zbekiston oltin eksportini vaqtincha to‘xtatdi

O‘zbekiston oltin eksportini vaqtincha to‘xtatdi


O‘zbekiston joriy yilning uchinchi choragida ilk bor oltin sotmadi. Bu haqda Markaziy bank hisobotiga tayanib, Spot xabar berdi.

Oltinning dunyodagi bahosi birinchi chorakda bir unsiya uchun 1330,7 AQSh dollarni, ikkinchi chorakda esa 1,8 foizga kamayib 1306,3 AQSh dollarni tashkil qildi. Uchinchi chorakda oltin narxi 7,1 foizga pasayib, 1213,5 AQSh dollarga tushdi.

Ehtimol shu bilan O‘zbekiston birinchi chorakda 30 tonna oltin, ikkinchida — 6,4 tonna, uchinchida esa 0 tonna oltin sotganini tushuntirish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston uchun oltinning asosiy xaridori Shveysariya sanaladi.

Masalan, birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, unga barcha eksportning 31% to‘g‘ri keldi. Taqqoslash uchun Xitoyga 18%, Rossiyaga — 16% to‘g‘ri kelganini ko‘rish mumkin.

9 oy yakunlariga ko‘ra Shveysariya yetakchilikni saqlab qolmoqda. Biroq O‘zbekiston iyuldan sentabrgacha oltin sotmagani uchun mamlakat ulushi 23 foizgacha pasaydi, ammo bu barbir Rossiya (18%) va Xitoydan (21%) ko‘p.

Shu sababli mamlakatning oltin zahiralari keskin o‘sdi (narxlar esa tushdi). Sentabr va oktabrda 13,9 milliard AQSh dollar, noyabrda 14,6 milliard AQSh dollar, dekabrda esa 14,9 milliard AQSh dollar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют