» » Barak Obama va uning rafiqasi AQShda “Yil faxri” reytingiga boshchilik qildi

Barak Obama va uning rafiqasi AQShda “Yil faxri” reytingiga boshchilik qildi


AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel “Yil faxri” ro‘yxatiga boshchilik qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi. Mazkur so‘rovni Gallup kompaniyasi 2018-yil natijalariga ko‘ra o‘tkazdi.

Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, 19% mamlakat aholisi erkaklar orasida Obama bilan faxrlarishini ma’lum qilgan, yana 15% so‘rovda ishtirok etganlar uning rafiqasidan. Bu Mishelga ro‘yxatga 10 yil boshchilik qilgan Hillari Klintondan ham o‘zib ketish imkonini berdi.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan AQSh prezidenti Donald Tramp (13%) va teleboshlovchi Opra Uinfri (5%) joy oldi. Uchinchi o‘rinni sobiq prezident Jorj Uoker Bush (2%), shuningdek Hillari Klinton va Trampning rafiqasi Melaniya (4%) egalladi.

O‘tgan yil bilan taqqoslaganda Obamaning reytingi 17 dan 19 foizga o‘sdi, Trampning reytingi esa aksincha 14 dan 13 foizga pasaydi. Ammo ularning ikkisi ham birinchi va ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Mishel Obamaning reytingi keskin 7 dan 15 foizga o‘sdi.

Nomzodlar qatorida senator Berni Sanders, tadbirkorlar Ilon Mask va Bill Geyts, Dalay-lama, ayollar orasida GFR kansleri Angela Merkel, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bor.

Gallup tadqiqot natijalari 3 dan 12-dekabrgacha telefon orqali o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asoslangan. So‘rovnomada 18 yoshdan katta bo‘lgan 1025 kishi qatnashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют