» » 17 yildan buyon baland parvoz qilayotgan MuzA: Muvaffaqiyatli ozbek kompaniyasining omadli asoschisidan bolajak biznesmenlarga tavsiyalar

17 yildan buyon baland parvoz qilayotgan MuzA: Muvaffaqiyatli ozbek kompaniyasining omadli asoschisidan bolajak biznesmenlarga tavsiyalar


Biz amerikalik yoki yevropalik taniqli biznesmenlarning muvaffaqiyat tarixlarini oqib, hayratlanishga, ilhomlanishga odatlanib qolganmiz. Ularga havas qilamiz. Ulardan organish kerak, deymiz ozimizga ham, boshqalarga ham. Togri, ulardan organish kerak, lekin ular, nima bolgan taqdirda ham, rivojlangan Amerika va Yevropa sharoitida, uning yozilgan va yozilmagan qonunlariga muvofiq ishlab muvaffaqiyatga erishgan biznesmenlardir. Bizga esa Ozbekiston sharoitida oyoqqa turgan, raqobatga tola erkin bozor sharoitida rivojlangan va on yillar otsa-da, bozordagi yangi raqobatchilar oxiri korinmas darajada kopayib borayotgan bolsa-da, rivojlanishda davom etayotgan mahalliy biznesmenlarning faoliyati qiziq ham ibratlidir.

Agressiv va ommaviy reklamaga deyarli murojaat qilmagan bolsa-da, MuzA brendi aksariyat odamlarga tanish, ushbu brend ostida tayyorlangan mahsulotlarni kopchilik istemol qilgan, kimlardir uchun hayotining bir bolagiga ham aylangan. Dastlab Slavyanskiye pryaniklari bilan tanilgan kompaniya keyinchalik minglab ayollarning ogirini yengil qilgan qatlamli xamirlar, muzlatilgan qatlama va lagmonlari bilan Ozbekiston bozorida haqiqiy shov-shuv kotardi, butun boshli yangi ishlab chiqarish yarim-tayyor oziq-ovqat mahsulotlari tarmogiga asos soldi. Gollandiya va Germaniyaning zamonaviy uskunalarida, kimyoviy konservantlarsiz va suniy qoshimchalardan foydalanmay ishlab chiqariladigan qatlamli tayoqchalar, quloqchalar, sulilipechenyelar esa bozorda kop yillardan beri oz orniga ega. Korzinka.uz supermarketlar tarmogida ushbu supermarket brendi ostida sotilayotgan non mahsulotlari ham MuzA tomonidan ishlab chiqarilgan bolib, allaqachon oz xaridorlarini topib ulgurgan.

Bu 2001-yilda asos solingan, ishni atigi uch kishi bilan boshlab, bugungi kunda bir-biri bilan hamnafas va hamfikr 250 kishini birlashtirgan, bir oylik aylanmasi 1 milliard somdan ortiq bolgan MuzA muvaffaqiyatlarining bir qismi, xolos. Albatta, u birdan muvaffaqiyatli kompaniyaga aylanib qolmagan qayerdadir xatoga yol qoyilgan, qaysidir qadam kop million somlik zararlarga olib kelgan, shoshilinch sotib olingan texnologiyalar pand bergan. Lekin xatolardan chiqarilgan togri xulosalar samarasi olaroq kompaniya 17 yildan beri barqaror rivojlanishda va, eng asosiysi, xaridorlar ishonchini oqlashda davom etmoqda. Ushbu yutuqlar ortida esa MuzA asoschisi va rahbari Shukurulla Fayzullayev turibdi. Uning muvaffaqiyat tarixi, albatta, oz biznesini boshlash niyatidagi yoshlar uchun ibratli va saboq bolishi aniq.

Shukurulla aka oz maslahatlari tugal haqiqat emasligiga alohida urgu beradi. Men nazariyotchi yo marketolog emasman, hatto oliy iqtisodiy talim ham kormaganman. Quyidagi maslahatlar faqat shaxsiy tajriba orqali toplangan xulosalardir. Shunday ekan, ular kimgadir notogri yo noaniq bolib korinishi ham mumkin. Ehtimol, boshqa biznesmenlar ham aynan shu bosqichlardan otgandir, deydi u.

Yangi ish boshlamoqchi bolganlarning aksariyati ishni nimadan boshlasam ekan, qanday mahsulot ishlab chiqarsam/qanday xizmat korsatsam ekan, bunga qancha pul kerak boladi, degan savollarga javob izlaydi. Buni notogri deb bolmaydi, ammo men boshqacharoq yondashuvni tavsiya qilgan bolardim: qaysi sohani yaxshiroq bilaman, qaysi sohada bilimim, tajribam bor, degan savolga javob topgan maqul. Malum bir sohada tajriba yoki bilimga ega bolsangiz, osha soha boyicha biznesda yutuqqa erishishingiz ehtimoli katta. Boz ustiga, kishi ozi bilgan va yaxshi korgan sohasida tezroq natijaga erishadi, chunki ishga bilim va tajribasidan tashqari mehrini ham beradi.

Men investor sifatida faqat pul tikaman, ishni chetdan yollangan yaxshi mutaxassislar qilsin, deyishingiz mumkin. Bu ham notogri emas. Ammo dastlab osha yaxshi mutaxassislarni topish kerak bozorda esa yaxshi mutaxassislarga talab yuqori, shunga yarasha ular qimmat va kamyob. Nima bolgan taqdirda ham, ozingiz uchun yangi, notanishroq sohada biznes boshlamoqchi ekansiz, birinchi galda yaxshi mutaxassis toping, aslo bino yoki uskuna emas. Biznesingiz uchun qanday bino va uskuna kerakligini esa sizga osha mutaxassisning ozi aytadi.

Biror sohada yetarlicha tajribaga ega emassiz, boz ustiga hali yosh bolsangiz, maslahatim birdan mustaqil biznesga qol urmang. Yaxshisi, sizning qarashlaringiz mos, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari yoki korsatayotgan xizmatlari maqul biror korxona/tashkilotga ishga kiring. Bu bilan bir emas, bir necha maqsadga erishish mumkin: uch-tort yil sidqidildan, astoydil ishlab ozingiz uchun tajriba va konikmalarni orttirasiz, muvaffaqiyatli kompaniyalar qanday ishlashini organasiz, ustiga ustak oz biznesingizni boshlash uchun dastlabki sarmoyani ham ishlab olishingiz mumkin. Xodim sifatida biror korxonada yutuqqa erishsangiz, lavozimingiz va maoshingiz oshib borsa, demak, xususiy biznesda ham yutuqqa erishishingiz ehtimoli katta. Biznes boshlashning erta-kechi yoq.

Daryo izohi: Shukurulla Fayzullayev 1993-yildan beri xususiy biznes bilan shugullanadi, oziq-ovqat sohasidagi faoliyatini esa 1999-yildan boshlagan uni kartoshka chipslari ishlab chiqaradigan va pechenye ishlab chiqarishga kirishayotgan qoshma korxonaga direktor orinbosari sifatida taklif qilishgan. Bir yil ichida korxona oz vaqtida ancha mashhur bolgan Bonton pechenyelarini ishlab chiqarishni yolga qoygan, Shukurulla Fayzullayev esa direktorga aylangan.

Nima ishlab chiqarish yoki qanday xizmat korsatish borasida bir toxtamga kelgach, ozingiz uchun bozor segmentini aniqlab oling: arzon va ommabop tovar chiqarmoqchimisiz yoki yuqori sifatli, ammo shunga yarasha qimmat mahsulot taklif etmoqchimisiz? Shundan kelib chiqib, raqobatchilarni va bozordagi vaziyatni yaxshilab organing. Atrofga diqqat bilan boqing, faoliyatingiz bilan bogliq yangiliklarni internetda organing, korgazmalarda (jumladan, xorijdagilarida ham) qatnashing u yerda qiziqarli odamlar (ehtimol, sizuchun juda zarur mutaxassislar) va foydali malumotlar juda kop boladi.

Daryo izohi: MuzA kompaniyasi Slavyanskiye pryaniklari bilan bir qatorda malum muddat uning nisbatan arzon muqobili Sabo pryaniklarini ham bozorga chiqargan. Lekin keyinroq undan voz kechgan osha vaqtda arzon pryaniklar bozori boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan toliq egallab bolingan edi, boz ustiga Sabo sabab MuzA obro jihatidan ham yoqotishlarga uchrashi ehtimoli oshgan. Kompaniya sifatli, lekin qimmat mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan.

Barcha pullaringizni sarflab, birdan katta biznes boshlashga urinmang. Hech narsasiz qolgandan kora bosqichma-bosqich, asta-sekin rivojlangan maqul. Bir emas, bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz ham taslim bolmang, tushkunlikka tushmang. Yomon natija ham natija, aslo fojia emas. Orttirgan tajribangiz ozingiz bilan qoladi, kelasi safar ehtiyotkorroq bolasiz, avvalgi xatolarni takrorlamaysiz.

Eng asosiy masalalardan biri bu moliyalashtirish. Lekin siz oz loyihangiz bilan kerakli odamlarni qiziqtira olsangiz, moliyalashtirish nisbatan oson hal etiladigan masalaga aylanadi. Hatto oz tanishlaringiz va qarindoshlaringiz orasida ham loyihangizni moliyalashtirishga tayyor odamlar topilishi mumkin. Loyiha biror muvaffaqiyatli biznesmenni qiziqtirib qoyishi yoki yaxshi biznes-loyiha uchun bank kredit taqdim etishi mumkin. Agar hech kim moliyalashtirishni istamasa, unda loyihangizni tanqidiy korib chiqing, ehtimol uni ozgartirish yoki undan voz kechish kerakdir.

Daryo izohi: Shukurulla Fayzullayev ortiq birovning qolida ishlashni istamay, 2001-yili ishdan boshagan. Shaxsiy biznesni boshlash vaqti yetib kelgandi, biroq u oylagan loyihani ishga tushirish uchun zarur mablag kamida 10 ming dollarmiqdoridagi mablag unda yoq edi. Shunda uni oz ukasi qollab-quvvatlagan ozi uchun bir necha yil yiqqan 11 ming dollar pulini akasi o?z biznesini boshlashi uchun bergan. Tasischining mehrini inobatga olmasa, bu MuzAga kiritilgan ilk investitsiya edi.

Oz oldingizda katta, lekin soglom maqsadlar qoying. Shu loyihani amalga oshirmasam bolmaydi degan, miyaga ornashib qoladigan goya bilan yashang. Loyihangiz kerak bolsa tushlaringizga kirib chiqsin. Yani, hamma narsa maqsadga yetishga qaratilgan bolishi lozim.

Daryo izohi: Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxojayev biznesmen. U oz intervyularining birida Akfa yo Artel korxonalarini ochishdan ancha avval bir orzu bilan yashaganini, hatto tushlarida ham shu orzusini korganini aytgandi: Bittagina zavodim bolsa edi, menga boshqa narsa kerak emasdi. Keyinchalik Ortiqxojayevning zavodlari kopayib ketdi, uning ozi ishlab chiqarishga nisbatan muhabbatni xastalik deb ataydi.

MuzAning 2001-yildan buyon bozorda oz ornini yoqotmay, yetakchilardan biri bolib qolishida asosiy sabab kompaniyaning izlanishdan, yangilikka intilishdan toxtamasligidir. 2018-yilda kompaniya katta rebrendingni amalga oshirib, xuddi qaytadan tugilgandek boldi logotip va qadoqlar dizayni va korinishi tubdan ozgartirildi, mahsulotlar logistikasi yaxshilandi (kocha-koyda MuzAning yangi, ochiq va yorqin brendi tasvirlangan mashinalar kopayib qolgan).

Brend va qadoqlar yangi, lekin ozgarishlar birgina tashqi korinish bilan bogliq emas barcha mahsulotlarning sifati ham yanada yaxshilanmoqda, turlari esa kengaymoqda. Allaqachon xaridorlar mehrini qozonib ulgurgan chak-chak, limonli ruletchalar, asalli va tvorogli piroglar qatoriga shokoladli San-Felipe va mevali Lesnaya yagoda tortlari ham qoshilgani ajoyib bir xushxabar bolsa, ichi qiyomli maffinlar esa yoshlarga manzur bolishi tabiiy.

17 yil bu debocha, bolajak katta muvaffaqiyatlar arafasidagi bir tayyorgarlik pallasi. MuzAda ham shunday hammasi endi boshlanyapti! Kompaniya ozining yangi va mazali mahsulotlari bilan xaridorlarga bayram kayfiyati ulashishda davom etadi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
: admin (28-12-2018, 21:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
:
-
:
20 ... -