» » Parkentda ichki ishlar organi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi

Parkentda ichki ishlar organi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi


2018-yilning 27-dekabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida “Navdak” MFYda yashovchi M.S. xizmat faoliyatini o‘tayotgan tuman ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektoriga boshi bilan yuziga urib jarohat yetkazdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Voqea profilaktika inspektorining fuqaro M.S. va uning uyida Majburiy ijro byurosi xodimi K.D. bilan o‘zaro janjallashayotganligi sababli tartibga chaqirmoqchi bo‘lib, uni mahalla fuqarolar yig‘ini idorasiga olib bormoqchi bo‘lgan paytda sodir bo‘ldi.

Natijada ichki ishlar xodimiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Fuqaro M.S. esa qo‘lga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют