» » Prezidentning parlamentga murojaatnomasi, Abu-Dabida 10 ming kishilik osh damlagan o‘zbek oshpazlari, Prezident haqidagi qo‘shig‘i surishtirilayotgan Jahongir Poziljonov va kunning boshqa muhim xabarlari

Prezidentning parlamentga murojaatnomasi, Abu-Dabida 10 ming kishilik osh damlagan o‘zbek oshpazlari, Prezident haqidagi qo‘shig‘i surishtirilayotgan Jahongir Poziljonov va kunning boshqa muhim xabarlari


28-dekabrning asosiy yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Bugun, 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat parlamentiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi.

Shavkat Mirziyoyev kirib kelayotgan yangi — 2019-yilni O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. O‘zbekiston Prezidentining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, Prezident o‘z nutqi davomida O‘zbekistonda soliq imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinishi va kelajakda hamma bir xil soliq to‘lashi, O‘zbekistonda yoshlarga bir vaqtda bir nechta OTMga hujjat topshirish imkoni berilishi, O‘zbekiston Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi kerakligi, O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi 2030-yilgacha 60 foizga yetkazilishi, viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘lishi, nogironligi bo‘lgan farzandiga qarayotgan onalarga alohida nafaqa turi joriy etilishi va boshqalar haqida gapirdi.

Prezident parlamentga murojaatdan so‘ng, poytaxt markazida tashkil etilgan Yangi yil bayrami maydoniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari bayram tomoshasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashib, bolajonlarga sovg‘alar berdi.

***

27-dekabr kuni Shayx Zayid nomidagi Abu-Dabi madaniy meroslar festivali doirasida o‘zbekistonlik oshpazlar 10 ming kishilik osh damladi.

10 ming kishi uchun 1,5 tonnadan ortiq guruch damlangan. Markaziy maydonda bitta asosiy katta qozon va uning yonida 8 ta kichkina qozon o‘rnatilgan.

Oshni tayyorlash davomida 30 nafar o‘zbekistonlik oshpaz ishtirok etgan.

***

“O‘zbekkonsert” Jahongir Poziljonovning #SelfiMeningPrezidentim qo‘shig‘i bo‘yicha surishtiruv o‘tkazmoqda.

Bugun, 27-dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasi tomonidan milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi va 2018-yil yakunlari doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda estrada san’ati sohasida uchrayotgan ba’zi kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish maqsadida bir qator vazifalar belgilab olindi.

Qayd etilishicha, Jahongir Poziljonov ijrosidagi #SelfiMeningPrezidentim qo‘shig‘i bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan, buning natijasi albatta OAVda e’lon qilinadi.

***

Hindistonlik ayol dunyodagi eng keksa ona bo‘ldi.

Hindistonlik ayol 65 yoshida ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning otasi 80 yoshda. Shunday qilib ayol tabiiy yo‘l bilan tug‘ruqni amalga oshirgan eng keksa ayol bo‘ldi. Bungacha rekord qayd etganlar sun’iy urug‘lantirish yo‘li bilan farzand dunyoga keltirgan.

Nashrning qayd etishicha, bu tug‘ruq ayol uchun ikkinchisi bo‘lib, bundan sakkiz yil oldin u o‘g‘il farzand ko‘rgan. Shifokorlar ona va bolaning salomatligi mutlaqo yaxshi ekanligini va tez fursatlarda ularga uyga javob berishini ma’lum qildi.

***

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov, qaynonasi va farzandlari bilan tushgan suratlarini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi.

Juftlik 23-dekabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘lgan va chaqaloqqa Abubakr deb ism qo‘ygan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют