» » Qoraqalpog‘istondagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi, ular orasida mansabdor shaxslar bor

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi, ular orasida mansabdor shaxslar bor


Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida 27-dekabr kuni og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar kishi olamdan o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Baxtsiz hodisa Nexia-3 markali avtomashinaning beton to‘siqqa borib urilganligi oqibatida sodir bo‘lganligi aytilmoqda. Kuchli zarba avtomashinaning gaz balloni otilishiga sabab bo‘lgan. Vafot etgan fuqarolarning ikkitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida faoliyat yuritib kelgan (bittasi vazir o‘rinbosari, bittasi mashina haydovchisi), bir kishi Tuyamo‘yin-Nukus mintaqaviy suv o‘tkazgichidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va bittasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yetakchi mutaxassislaridir.

YTHning sodir bo‘lishiga asaflt yo‘lning sirpanchiqligi sabab bo‘lganligi aytilmoqda.

Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют