» » Samarqand klubi elitaga qaytishini g‘alaba bilan boshladi. Poytaxt klublarida terma futbolchilari gol urdi

Samarqand klubi elitaga qaytishini g‘alaba bilan boshladi. Poytaxt klublarida terma futbolchilari gol urdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida 2017-yilgi mavsum rasman start oldi va 1-tur doirasidagi 3 ta uchrashuvga yakun yasaldi.

Tur Toshkent shahri klublari uchun omadli keldi. Mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” Muborakda “Mash’al” mehmoni bo‘lib, Marat Bikmayevning yagona goli evaziga zafar quchdi.

O‘tgan mavsum kuchli to‘rtlikka ham kira olmagan “Paxtakor” esa o‘z maydonida “Qizilqum”ni taslim qildi. Qiziq tomoni, “paxtakorchilar” safida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilar gol urdi: Stanislav Andreyev 1 ta, Jamshid Iskanderov 2 ta.

O‘tgan mavsumni quyi ligada o‘tkazishga majbur bo‘lgan Samarqandning “Dinamo” klubi Oliy ligaga qaytishini g‘alaba bilan boshlab, Bekobodda “Metallurg” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

1-turning qolgan 5 ta uchrashuvi ertaga — 4-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Juftliklar bilan shu havolada tanishish mumkin.

O‘zbekiston Oliy ligasi
1-tur
3-mart, juma

Gollar: Davron Karimqulov, 55 (0:1). Akmal Bozorov, 89 (0:2).

Gol: Marat Bikmayev, 65 (0:1).

Gollar: Jamshid Iskanderov, 8 (1:0). Azamat Allaniyozov, 35 (1:1). Stanislav Andreyev, 55 (2:1). Jamshid Iskanderov, 74 (3:1).
Noaniq penalti: Jamshid Iskanderov, 74 (P).

Опубликовано: admin (3-03-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют