» » “UZ” domen zonasiga bir yilda 12 mingta domen qo‘shildi

“UZ” domen zonasiga bir yilda 12 mingta domen qo‘shildi


O‘zbekistonda 2018-yil oxirida mahalliy segmentda faol domenlarning umumiy soni 65 mingtaga yetdi. Ayni paytda ularning 12 mingdan ortig‘i joriy yilda tashkil etilgan domenlardir, deya xabar beradi O‘zA.

“UZ” domen zonasi ma’muriyatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yuridik shaxslar uchun registrator mavqeini erkin olish imkoniyatining taqdim etilishi yanada qulay va arzon xizmatlar taklif etadigan yangi registratorlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.

Tobora rivojlanayotgan raqobat domen nomlari bozorida faoliyat yuritayotgan mahalliy kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish, yangi xizmatlarni faol joriy etish, aksiyalar o‘tkazish va ro‘yxatga olish narxlarini pasaytirishga turtki berdi. “UNITEL” MChJ kompaniyasining 2018-yilda registrator mavqeini olgani bunga yorqin misoldir. Hozirgi kunda mazkur kompaniya domen sanoati bozorida qator xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.

Joriy yilda “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ domen nomlari registratori sifatidagi faoliyatini to‘xtatadi. Buni registratorlar raqobatbardosh tarmog‘ining rivojlanishi, axborot texnologiyalar bozorida domen nomlarini ro‘yxatga olish xizmatlari soni va sifatining oshishi taqozo etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют