» » Samarqandda is gazidan zaharlanish oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda is gazidan zaharlanish oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi


28-dekabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Boybo‘l MFY hududida is gazidan zaharlanish oqibatida uch nafar fuqaro vafot etgan, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Ushbu baxtsiz hodisa nostandart gaz balloni va isitish moslamasi (gorelkasi)dan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, qo‘lbola istish moslamasining dudburoni hamda yotoqxonada havo almashish tizimi o‘rnatilgan tartibda bo‘lmaganligi sababli, suyultirilgan gazni yonishi natijasida hosil bo‘lgan is gazi xona ichida to‘plangan va fuqarolar o‘limiga sabab bo‘lgan.

“Hurmatli yurtdoshlar, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ida ishlaydigan isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qiling. Nostandart va qo‘lbola isitish pechlari hamda gaz ballonlaridan foydalanmang.

O‘zingiz va yaqinlaringizni is gazidan zaharlanishlaridan ogoh bo‘ling!”, — deyiladi FVV xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют