» » Misrda sayyohlar avtobusi portlatildi. 4 kishi halok bo‘ldi

Misrda sayyohlar avtobusi portlatildi. 4 kishi halok bo‘ldi


Qohiraning Al-Haram tumani hududida salonida vyetnamlik sayyohlar bo‘lgan avtobus portlatildi. Buning oqibatida 4 kishi, jumladan, uch nafar xorijlik halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Avtobus o‘tgan ko‘chadagi devorga o‘rnatilgan portlovchi qurilma masofadan harakatga keltirilgani taxmin qilinmoqda. Sayyohlar tushgan avtobus noma’lum sabablarga ko‘ra xavfsiz yo‘nalishdan yurmay, politsiya tomonidan qo‘riqlanmaydigan ikkinchi yo‘lni tanlagan.

Shifokorlar jabrlanganlardan aksariyati yengil jarohat olganini ta’kidlamoqda. Biroq bir necha kishi og‘ir holatda bo‘lib, ularning hayotini saqlab qolishga urinilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют