» » “Agrobank”: yangicha yondashuv va taraqqiyot sari dadil odimlar

“Agrobank”: yangicha yondashuv va taraqqiyot sari dadil odimlar


“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki o‘z faoliyatini ilg‘or xalqaro banklarning andozlari asosida rivojlantirib borish, ya’ni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yangi bosqichga ko‘tarish hamda marketing xizmatlarini bank amaliyotiga keng tatbiq qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-noyabrda tijorat banklari faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda bank sohasiga xorijlik hamda xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar orasidan malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha bergan topshiriq va vazifalari ijrosini ta’minlash borasida “Agrobank” tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu maqsadda bankka Daniya Qirolligining yetakchi banklaridan biri “Saxo Bank”ida mehnat tajribasiga ega vatandoshlarimizdan Umid Ahmedov va Shahboz Siddiqovlar jalb etildi.

Bugungi kunda “Saxo Bank” 300 dan ortiq banklar, brokerlik idoralari, moliyaviy xizmatlar provayderlari uchun savdo va investitsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi “raqamli bank” sifatida jahon moliya bozorida salmoqli o‘rniga ega.

“‘Agrobank’da zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda innovatsion “raqamli bank” xizmatlarinijoriyetish borasida dastlabki ishlarni boshladik. Bu jarayon, albatta, moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi bank va ularning iste’molchilari o‘rtasida erkin harakatlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda Agrobankda aynan mana shu yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib boryapmiz”, — deydi Umid Ahmedov.

Umuman olganda, “Agrobank” tizimiga xorijlik vatandoshlarni jalb qilishdan maqsad bankka yangicha yondashuv va uslublarni keng tatbiq etish orqali aholi va bank mijozlariga sifatli xizmat ko‘rsatishni yangi pog‘onaga ko‘tarishdan iboratdir.

Telegram

Facebook

“Agrobank” ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют