» » Ayollarning haq to‘lanmaydigan mehnat orqali dunyo iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi yiliga 10 trln dollarga baholandi

Ayollarning haq to‘lanmaydigan mehnat orqali dunyo iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi yiliga 10 trln dollarga baholandi


Ayollar bolalar va bemorlarga qarov, tozalash va taom tayyorlash kabi haq to‘lanmaydigan ishlarni erkaklarga nisbatan salmoqli darajada ko‘p bajaradi. Bu haqda Oxfam qashshoqlikka qarshi kurash xalqaro tashkiloti hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”. 

Hisobotga ko‘ra, ayollarning iqtisodiyotga qo‘shayotgan bunday hissasi yiliga 10 trillion dollar yoki dunyo yalpi ichki mahsulotining 13 foizini tashkil etadi. Ular shu tufayli ko‘pincha ta’lim olish, haq to‘lanadigan ishga joylashish yoki lavozimdan voz kechishga majbur bo‘ladi. 

Ekspertlarning ta’kidlashicha, dunyoda haq to‘lanadigan ishlarni bajaradigan ayollar soni erkaklarga nisbatan 700 million kishiga kam. Jahon miqyosida ayollar va erkaklar maoshlari orasidagi o‘rtacha farq 23 foizdan iborat.

155 davlatda erkaklarni ayollarga nisbatan ko‘proq iqtisodiy huquqlar bilan ta’minlaydigan hech bo‘lmasa bitta qonun mavjud. Ish, maosh va iqtisodiy huquqlardagi tenglikni ta’minlash uchun esa 170 yil kerak bo‘ladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют