» » Maktabgacha ta’lim vazirligi 2019-yilda bog‘chalar qurish va rekonstruksiya qilishga 1 trln 654 mlrd sarflaydi

Maktabgacha ta’lim vazirligi 2019-yilda bog‘chalar qurish va rekonstruksiya qilishga 1 trln 654 mlrd sarflaydi


2019-yilda maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 1 trillion 654 milliard so‘m ajratildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ajratilgan mablag‘larning katta qismi viloyatlarda maktabgacha ta’limni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Xabarda aytilishicha, keyingi yillar davomida bolalar bog‘chalarining bo‘sh turgan binolarini rekonstruksiya qilish hajmining ortishi kutilmoqda. 2019-yilda budjet mablag‘larini kamaytirish va maktabgacha tarbiya tizimida bolalarni qabul qilish darajasini oshirish maqsadida 53 ta bo‘sh bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligi 2018-yilda rekonstruksiya qilingan bolalar bog‘chalarining soni 2017-yilga nisbatan uch baravar: 105 dan 298 taga ko‘paygan. Yangi qurilish loyihalari soni: 2 dan 40 gacha yetti. 2019-yilda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarni 1,5 martaga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda maktabgacha ta’lim muassasalarining soni o‘tgan yilga nisbatan 5 211 tadan 7104 gacha ko‘paydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 14:29)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют