» » “Standard and Poor’s” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Milliy banki ko‘rsatkichini “BB-/B” darajagacha oshirdi

“Standard and Poor’s” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Milliy banki ko‘rsatkichini “BB-/B” darajagacha oshirdi


2018-yilning 24-dekabr kuni “Standard and Poor’s” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga tegishli uzoq muddatli ko‘rsatkichni “B+” darajadan “BB-” darajaga ko‘tardi va “B” pog‘onasidagi qisqa muddatli reytinglarni tasdiqladi.

Bank reytingi prognozi — “barqaror”.

Ushbu voqea O‘zbekiston milliy banki uchun, shubhasiz, muhim hodisa hisoblanadi. O‘zbekiston milliy bankining kredit layoqati O‘zbekiston Respublikasi hukumatining suveren reytingidagi ko‘rsatkichlar oshgani sayin o‘sib bordi. O‘zbekiston milliy bankining reytinglari bank aktivlarini yirik doiradagi kreditor va investorlarga ajratish va yangi bank operatsiyalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan biznes-modelni ifoda etadi, shu bilan birga, mazkur reyting davlat loyihalari va boshqa nodavlat bozor segmentlarini qo‘llab-quvvatlashda milliy bankning muhim rolini ko‘rsatadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiy davr ichida milliy bank daromad bo‘yicha barqaror ko‘rsatkichlarni qayd etib, boshqa mahalliy banklar bilan solishtirganda resurs baza diversifikatsiyasiga oid yuqori darajaga va “adekvat” likvidlik ko‘rsatkichlariga ega.

Ushbu reytingdan bankning biznes-pozitsiyasi “kuchli” ko‘rsatkichda ekanligi aniqlandi, bu esa bankning O‘zbekistondagi ichki va tashqi iqtisodiy biznes yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelajakdagi imkoniyatlari barqaror ravishda o‘sayotganini anglatadi.

Kredit reytingi xalqaro mustaqil reyting agentliklari tomonidan bankning ishonchliligi va moliyaviy holatini aniqlash maqsadida belgilanadi. “Moody’s”, “Standard and Poor’s” va “Fitch Ratings” butun dunyoda faoliyat yuritadigan eng yirik xalqaro reyting agentliklari hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют