» » Kursantlar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Kursantlar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida 2018-yilda o‘tkazilgan fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kursantlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Marosimda O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov ishtirok etib, o‘tgan ikki yil mobaynida Qurolli Kuchlar tizimida harbiy kadrlarning intellektual salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarning soha bo‘yicha mukammal bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 5—29-noyabr kunlari Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida harbiy-kasbiy tayyorgarlik, ingliz tili, informatika va matematika fanlaridan olimpiada (ikkinchi Respublika bosqichi) o‘tkazilgan edi. Unda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar 2019-yilning mart—may oylarida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan kursantlar olimpiadasida qatnashadi.

Fan olimpiadalarining yakuniy natijalariga ko‘ra, harbiy-kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rin Qurolli Kuchlar akademiyasiga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandaslik bilim yurti jamoasi band etdi. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlaridan iborat jamoa esa uchinchi pog‘onani egalladi.

Ingliz tili fani bo‘yicha umumjamoviy hisobda:

Informatika fani bo‘yicha ham o‘rinlar xuddi yuqoridagidek taqsimlandi.

Matematika fani bo‘yicha esa ko‘rsatilgan natijalar quyidagicha:

Tadbir davomida Mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan fan olimpiadasining yakkalik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kursantlar va jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Akademiyada “Vatanparvarlik oyligi” doirasida III Paraosiyo o‘yinlarining champion va sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Sportchilar tadbir davomida so‘zga chiqib, o‘zlari haqida va shug‘ullanayotgan sport turi to‘g‘risida, shu bilan birga, qiziqishlari hamda kelajakda zabt etmoqchi bo‘lgan marralari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv yakunida sportchilar va yig‘ilganlar o‘rtasida o‘tkazilgan qiziqarli savol-javoblar davraga yanada fayz bag‘ishladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют