» » Qorako‘lda olti kishi 130 mln so‘mlik kabellarni o‘g‘irlab ketdi

Qorako‘lda olti kishi 130 mln so‘mlik kabellarni o‘g‘irlab ketdi


25-noyabr kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tuman IIBga “Bandboshi” mahallasi hududida joylashgan kompaniya vakillari murojaat qilgan, deya xabar bermoqda IIV sayti.

Murojaatda 19-oktabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs kompaniyaga tegishli omborxonadan umumiy qiymati 130,8 million so‘m bo‘lgan har xil turdagi kabellarni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qorako‘l tumani “Qoraqulonchi” mahallasida yashovchi, yuqoridagi kompaniyaning mexanizatori U.M. va “Osiyo” mahallasida yashovchi J.Q., A.G‘., “Chandirobod” mahallasida yashovchi A.X., N.X., T.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ular ushlangan.

Xabar berishlaricha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют