» » APL. “Liverpul” “Arsenal”ga 5 ta gol urdi, “Tottenhem” esa o‘z maydonida yutqazib qo‘ydi (video)

APL. “Liverpul” “Arsenal”ga 5 ta gol urdi, “Tottenhem” esa o‘z maydonida yutqazib qo‘ydi (video)


29-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 20-turi doirasida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Tottenhem” klubi o‘z maydonida “Vulverhempton” jamoasini qabul qildi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yinning 22-daqiqasida Harri Keynning uzoqdan yo‘llagan zarbasi oldida Rui Patrisiu ojiz qoldi. 2-bo‘limda o‘yin ssenariysi butkul o‘zgardi. 72-daqiqada Uilli Boli hisobni tenglashtirdi 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. 83-daqiqaga kelib, Raul Himenes mehmonlarni hisobdan oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Elder Koshta “Tottenhem” darvozasiga 3-to‘pni kiritdi. Shu tariqa “Tottenhem” sensatsion tarzda yutqazdi.

APLda peshqadamlik qilayotgan Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida Londonning “Arsenal” klubi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida London klubi a’zosi Meytlend-Nayls “to‘pchilar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 14- va 16-daqiqalarda Roberto Firmino 2 ta gol urib, dublga erishdi. 31-daqiqaga kelib, Sadio Mane Muhammad Salohning uzatmasini golga aylantirdi. 1-bo‘limning so‘nggi soniyalarida Saloh penaltidan londonliklar darvozasiga 4-golni urdi va jamoalar 4:1 hisobida tanaffusga yo‘l oldi.

2-bo‘limning 65-daqiqasida hakam Maykl Oliver “Arsenal” darvozasiga 2-penaltini belgiladi va uni Roberto Firmino Bernd Leno qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi va o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Yurgen Klopp shogirdlari 20-turdan so‘ng musobaqa jadvalida 54 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda.

APL

20-tur bahslari

29-dekabr, shanba

Gol: 1:0 – 59 Lokadiya.

Gollar: 0:1 – 29 Rondon, 1:1 – 82 Dukure.

Gol: 1:0 – 90 Mitrovich.

Gol: 0:1 – 90 Kamarasa.

Gollar: 1:0 – 22 Keyn, 1:1 – 72 Boli, 1:2 – Himenes, 1:3 – 87 Koshta.

Gollar: 0:1 – 11 Meytland-Nayls, 1:1 – 14 Firmino, 2:1 – 16 Firmino, 3:1 – 32 Mane, 4:1 – 45 Saloh (penalti), 5:1 – Firmino (penalti).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2018, 01:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют