» » Rustam Sa’diyev rossiyalik Dmitriy Dyujev suratga tushgan o‘zbek filmi haqida: “U” — jahonning yetakchi kinofestivallarida qatnasha oladigan asar

Rustam Sa’diyev rossiyalik Dmitriy Dyujev suratga tushgan o‘zbek filmi haqida: “U” — jahonning yetakchi kinofestivallarida qatnasha oladigan asar


Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissor, “Brigada”, “Jmurki”, “Ostrov” kabi serial va filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujev Toshkentga kelgani, o‘zbekistonlik san’atkorlar — Ra’no Shodiyeva va Karim Mirhodiyev bilan birga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining birinchi bosqich talabasi Muxlisa Azizovaning ishchi nomi “U” (“Ona”) bo‘lgan filmida suratga tushgani haqida avval ham xabar bergan edik.

54 kishilik katta jamoa tomonidan suratga olingan mazkur qisqa metrajli filmning yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Filmning yopiq premyerasi faqatgina ijodiy jamoa uchun mo‘ljallangan bo‘lib, taqdimot Royal Cinema kinoteatrida o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ovozlashtirish hamda filmning tasvir yechimi Moskvaning yirik kompaniyalarida amalga oshirilgan. Rossiyaning “Festagent” kompaniyasi bilan filmni 100 dan ortiq xalqaro festivallarga yuborish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

11 daqiqalik filmni tomosha qilganlar orasida “Baron” filmining rejissori Rustam Sa’diyev ham bor edi. Jurnalist Feruz Muhammad yosh rejissorning filmi haqida Rustam Sa’diyevning fikrlarini oldi.

Film rejissori kino suratga olishga shunchaki yondashmagan. Haqiqatdan yaxshi ijodiy asar yarataman, sohani mukammal o‘rganaman, deb yaxshi, kuchli ijodiy jamoa yiqqan. Astoydil harakat qilgani uchun ham uning ishida maqtovga arziydigan darajada ijodiy o‘sishni ko‘rdim.

Bir narsani qo‘rqmasdan ayta olaman — Muxlisa Azizovaning yonida birga o‘qiyotgan hamkasblarining oldida uning salohiyati ham, kinoga bo‘lgan qarashi ham, bilim darajasi ham ancha baland. U bundan keyin muxlislarning tiliga tushadigan, milliy, o‘zbek xarakteri bilan sug‘orilgan katta filmlar yarata olishiga ham ishonaman.

Yangi qisqa metrajli film juda ham ajoyib ishlanibdi. Bu dunyodagi mana man degan festivallarda ishtirok eta oladigan film bo‘lgan, deb o‘ylayman. Filmda professional aktyor, aktrisalar yig‘ilgan, operatorlar, umuman eng zamonaviy montaj va ovozlashtirish uslublaridan foydalanilgan hamda eng yuqori standartni ko‘zlab harakat qilingan.

G‘oya nuqtayi nazardan ham hech qanday kamchilik ko‘rmadim. Filmda operatorlar bilan ishlash, ranglar jilosi, janrlar sintezi va tasviriy yechim — hammasi juda ham ajoyib, bu yosh rejissorimizning qo‘liga faqat va faqat yaxshi asarlar tushishini tilab qolaman.

Rustam Sa’diyev, kinorejissor

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют