» » Ronaldu A Seriya tarixiga kirdi

Ronaldu A Seriya tarixiga kirdi


29-dekabr, shanba kuni “Yuventus” “Sampdoriya” ustidan Krishtianu Ronalduning dubli evaziga g‘alaba qozondi (2:1).

Futbolchi Italiya chempionatida to‘p surgan portugaliyalik o‘yinchilar orasida rekordchiga aylandi. Ronalduga qadar hech qaysi futbolchi A Seriya doirasidagi bahslarda 12 tadan ko‘p gol urmagandi.

Ronaldu 1988/89-yilgi mavsumda “Yuventus” tarkibida to‘p surgan Ruy Barrush rekordini yangiladi. Uning hisobida 12 ta gol mavjud edi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ushbu mavsumda “Yuventus” tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют