» » Bernard Shou: “Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) insoniyat xaloskori”

Bernard Shou: “Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) insoniyat xaloskori”


Irlandiyalik buyuk yozuvchi va adabiyotshunos adabiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori Jorj Bernard Shou o‘limidan bir muddat avval dunyo bo‘ylab sayohatga chiqqan. Bu haqda “Islom.uz” xabar berdi.

1950-yilda vafot etgan Bernard Shou sayohat davomida Bombeydan o‘tayotganida “Ze Layt” nashri uning “Islomlashish” iborasi bilan nima demoqchi ekanini bilish uchun murojaat qilgan.

Bernard Shou muxbirga bu ta’birini izohlab quyidagilarni so‘zlab bergan:

“Hayratga soluvchi quvvatga ega bo‘lgani uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallam diniga nisbatan anchadan beri chuqur hurmat bilan qarayman.

Menga Islom dini tinmay o‘zgarayotgan hayotning turli davrlari va vaziyalariga mos keladigan fikrlari bor yagona dinday tuyuladi. Mendek mashhur kishilarning kelajak haqidagi fikr va tushunchalariga ahamiyat berish kerak. Men Islomiyatni ertangi Yevropa qabul qilishini aytdim. O‘rta asrdagi cherkovlar o‘z hasadlari va johilliklari sababli Islomiyatni qora ranglar bilan tasvirlagan. Ular Muhammad Sollallohu alayhi vasallam va uning dinidan nafratlanish ruhida tarbiyalandilar. Ularning nazdida Muhammad Sollallohu alayhi vasallam “Antixrist” (Isoning dushmani).

Muhammad sollallohu alayhi vasallam!.. Men bu insonning ajoyib hayotini o‘rgandim. U Iso dushmani emas, balki butun insoniyatning xaloskoridir. Agar unga o‘xshagan biror inson bugungi dunyoning boshqaruvini qo‘liga olsa, men aniq ishonamanki, insoniyatni tinchlik va saodatga eltadi.

Kezi kelganda aytish joizki, o‘n to‘qqizinchi yuz yillikda Charlile, Gyote va Gibbon kabi olim va yozuvchilar Muhammad Sollallohu alayhi vasallam dinida haqiqiy qiymat ko‘rdi. Shu zaylda Yevropa Islomiyatga nisbatan boshqacharoq munosabat bildira boshladi. Bugungi Yevropa bu yo‘lda yana-da oldinga bormoqda. Ular Muhammad Sollallohu alayhi vasallam diniga oshiq bo‘lmoqda. Kelajakda bundanda ilgarilab ketadi. Yevropa barcha muammo va dardlaridan qutulish uchun bu dinning qanday muhim vosita ekanini biladi. Mening tushunchamning mana shu jihatini anglashingiz kerak. Hozirda ham mening vatandoshlarim va boshqa yevopaliklar Muhammad Sollallohu alayhi vasallamning dinini qabul qildi. “Islomlashish” ta’birining mohiyati nima ekanligini, o‘ylaymanki izohlay oldim”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют