» » 35 yoshli Fabio Kualyarella A Seriyaning ketma-ket 9 ta o‘yinida gol urdi

35 yoshli Fabio Kualyarella A Seriyaning ketma-ket 9 ta o‘yinida gol urdi


29-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi 19-turi doirasida “Yuventus” o‘z uyida “Sampdoriya” mag‘lub etdi (2:1).

Bellashuvda mehmonlarning yagona javob goliga Fabio Kualyarella mualliflik qildi.

Opta’ning yozishicha, 35 yoshli italiyalik futbolchi “Roma” (11-noyabrda o‘tkazilgan) bilan kechgan o‘yinda (1:4) zaxirada qolganiga qaramasdan, Italiya chempionatining ushbu mavsumida ketma-ket 9 ta uchrashuvda raqib darvozasiga 10 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan natijani so‘nggi bor 2005-yilda A Seriyada “Yuventus” o‘yinchisi David Trezege qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kualyarella joriy mavsumda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urib, 5 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют