» » ATK vazirligi O‘zbekistondagi barcha mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taklif qilmoqda

ATK vazirligi O‘zbekistondagi barcha mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taklif qilmoqda


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mobil telefonlar va mobil aloqa moduliga ega qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklaydigan hukumat qarori loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Qaror loyihasiga ko‘ra, barcha foydalanilayotgan, olib kirilayotgan, sotilayotgan va ishlab chiqarilayotgan mobil telefonlar hamda mobil aloqa modulli qurilmalar (noutbuklar, planshetlar, modemlar, bankomatlar, aqlli soatlar va hokazo) ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bu bilan vazirlik huzuridagi mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi shug‘ullanadi. Jismoniy shaxs buning uchun ariza va pasport nusxasini taqdim etadi (shaxsan murojaat qilganda).

Olib kirilayotgan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish pullik asosda amalga oshiriladi. Jismoniy shaxs bitta qurilma uchun eng kam ish haqining 10, yuridik shaxs 5 foizini to‘laydi.

Mazkur tartib kuchga kirgunga qadar ishlatilayotgan mobil qurimalar bepul ro‘yxatdan o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют