» » Bizni eshitishyapti: 2018-yilda jamoatchilik ijtimoiy tarmoqlar orqali nimalarga erishdi?

Bizni eshitishyapti: 2018-yilda jamoatchilik ijtimoiy tarmoqlar orqali nimalarga erishdi?


2018-yil yakuniga yetib bormoqda. Bu davr ichida ozbek axborot maydonining osishi va rivojlanishi davom etdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, blogerlar, jurnalistlar, ayniqsa onlayn-nashrlar faollashdi, koplab dolzarb masalalar kotarildi, janjalli vaziyatlar yuzaga keldi. Oldingi yillardan farqli bir jihat bu jarayonlarning bari OAVda yoritib borildi, ijtimoiy tarmoqlarda omma fikr bildirdi. Bu oz samarasini berib, aytilgan fikrlar inobatga olindi, kopgina masalalar yo yechimini topdi, yo kerakli chora-tadbirlar korildi. Bir soz bilan aytganda, xalq munosabati, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar orqali aytilgan fikrlarga tezkorlik bilan munosabat bildirilishi otgan yillardan kora ijobiy tomonga ozgardi, tarmoqlarda xalq tilga olgan muammolarning anchasi yechimini topdi. Yechimini topmagan masalalar ham qoldi albatta. Eng muhimi dolzarb masalalarni keng muhokama qilish odatiy tus oldi.

Daryo nashri yil davomida roy bergan va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan voqealarni esga olib otishga qaror qildi.

Aqtobe fojiasi, Fargona viloyati hokimi va toshloqliklar

Yilning boshida 18-yanvar kuni Qozogistonning Aqtobe viloyatida ozbekistonlik yolovchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Fojia oqibatida Ozbekistonning 52 fuqarosihalok boldi. Qurbonlarning 16 nafari Fargona viloyatining Toshloq tumanidan edi.

Aqtobe fojiasi yuzasidan otkazilayotgan yigilishda Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyev toshloqliklarni haromi deb sokdi. Tuman hokimiga esa, agar u mard bolsa, zaldan chiqib, yoqolib ketishni tavsiya qildi.

Bu voqea shov-shuvga sabab bolib, hokimning imiji keskin yomonlashishiga olib keldi. Shunga qaramay, u oz mansabini saqlab qoldi.

Darvoqe, Aqtobe fojiasi qurbonlarining yaqinlariga yordam berish uchun ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev tashabbusi bilan aksiya uyushtirildi. Toplangan mablag jabrdiydalarga yetkazildi.

Kattaqorgonlik oqituvchi Diana va majburiy mehnat muammosi

Mart oyida Samarqand viloyatiga Prezident tashrif buyurishi arafasida maktab oqituvchilari hasharga olib chiqildi. Mana shunday ishga jalb qilingan oqituvchilardan biri kattaqorgonlik 23 yashar Diana Yenikeyeva Kamaz yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok boldi.

Fojia ozbek jamiyatini tolqinlantirib yubordi. Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar tinmadi, onlayn nashrlar voqealarni batafsil yoritib bordi, aybdorlarni jazolash talab qilindi. Fojia uchun javobgar idoralar va mansabdorlar jurnalistlar va blogerlar tomonidan keskin tanqid qilindi.

Deputatlar va davlat amaldorlari ham chetda turmay, oz fikrlarini bildirdi. Deputat Qodir Jorayev birinchilardan boldi. Voqea yuzasidan surishtiruv otkazilib, chora korilishi vada qilingandan song bosh vazir Abdulla Aripov, song Prezident ham fojiaga munosabat bildirdi (1, 2).

Diana Yenikeyevaning olimi tufayli majburiy mehnat masalasi kun tartibiga keldi, bunday holatlarning oldini olish yolida real qadamlar tashlandi.

Diananing olimida aybdor shaxslar ishdan olindi va javobgarlikka tortildi. Balki tasodifdir, lekin oradan ikki oy otib, davlat rahbari Xalq talimi vazirini butun jamoasi bilan almashtirdi. Uning ornini Sherzod Shermatov egalladi. Bu tayinlov ijtimoiy tarmoqda katta xursandlik bilan qarshi olindi; Shermatovga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomnidan ham katta ishonch bildirildi.

Qahramon Quronboyev va kortej voqeasi

Navbatdagi mojaro markazida Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev boldi u ozbek axborot maydonidagi ikki oylik sukunatni portlatib yubordi. U 5-iyun kuni OAV vakillari bilan uchrashuv otkazganida dabdabali toylar masalasiga toxtalib otdi. Bu muammoning hal bolishiga qoshgan hissasi haqida gapirarkan, Quronboyev vodiyda toy kortejini toxtatgani haqida sozlab berdi:

Andijon, Fargona va Namanganda yurganimda kochada toy kortejini korib qoldim. Shunda mashinalarni hammasini toxtatdim-da, kelin bilan kuyovni tushirib, taksiga otqazib, jonatib yubordim. Qolgan mashinalarni esa orqaga qaytardim. Shunaqangi dabdaba endi, kochada hech kimga yol bermaydi. Mayli, meni yomon korsin, Yoshlar ittifoqining viloyat bolimi rahbarini yomon korsin, lekin tartib kerak-ku! Agar yoshlarni biz tarbiyalay olmasak, Yoshlar ittifoqi tarbiyalay olmasa biz joyimizni boshatib berishimizga togri keladi.

Bu voqea jamoatchilik orasida norozilikka sabab boldi. Bu odamlarning shaxsiy hayotiga aralashish sifatida baholandi. Kun.uzda jurnalist Aziz Qarshiyevning Ozbekistonlik yoshlar Yoshlar ittifoqining yoltosar raisidan istefo soraydi nomi ostidagi rezonansli maqolasi elon qilindi. Quronboyevning ozi Kun.uzga intervyu berib, unda oz xatti-harakatlarini oqlashga urindi.

Oradan bir muddat otib, Shavkat Mirziyoyev Yoshlar ittifoqi raisini keskin tanqid qildi. Avgust oyining oxirida Qahramon Quronboyev Prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi.

Kattaqorgonlikayolning ichki ishlar bolimida tahqirlanishiva Xotin-qizlar qomitasining faollashuvi

Iyul oyida Samarqand viloyati, Kattaqorgon shahrida ichki ishlar xodimi mayda jinoyat ustida qolga olinganayolni idorada haqoratlab, yechintirib, jarayonni videoga olgan edi. Videolavha internetda tarqalib, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining gazabini qozgatib yubordi. Jinoyatga qol urgani hali isbotlanmagan, holbuki aybdor bolsa, sud jazo tayinlashi lozim bolgan, fuqaro sifatida huquqlari buzilgan va tahqirlangan bu ayolni jamoatchilik himoya qildi.

Nihoyat Xotin-qizlar qomitasi faollashdi Ozbekiston bosh vazirining orinbosari, Xotin-qizlar qomitasi raisi Tanzila Norboyevadan voqeaga munosabat bildirishni talab qilishdi. U dastlabki chiqishidabu holat mutlaqo ichki ishlar idoralari faoliyatiga daxldor emas degan jumla kopchilikda taajjub uygotgandi. Ikkinchi safar Norboyeva qatiyroq pozitsiyada turdi:

Hurmatli yurtdoshlar! Samarqandlik singlimizga qilingan qopol munosabatni men ayol sifatida, qomita rahbari sifatida keskin qoralayman. Shu kimsaning jazolanish jarayonini albatta shaxsiy nazoratimga olaman. Sud jarayonida ham albatta vakillarimizning qatnashib, ayol shanini himoya qilinishini taminlayman. Bunday holat qaytarilmasligi yuzasidan ichki ishlar vazirligi bilan muzokaralar tashkil qilinishini malum qilaman

Ayolni tahqirlagan ichki ishlar xodimi ishdan boshatilib, unga nisbatan jinoiy ish ochildi. Sudni olib borgan viloyat sud raisining orinbosariOtkir Mamadaliyev ayblanuvchini 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etdi.

Jabrlangan ayolga yordam berish uchun jurnalist Karimberdi Toramurod tomonidan xayriya aksiyasi tashkil qilindi. Tanzila Norboyeva ayolning uyiga tashrif buyurdil; ayolga psixolog va advokat biriktirildi, shuningdek, u ish bilan taminlandi.

Jamshid Kenjayevning pichoqlanishi, tungi klublarga cheklov qoyilishi va manaviyat haqida bahslar

8-avgustdan 9-avgustga otar kechasi Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash boyicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 25 yoshli Jamshid Kenjayev olamdan otdi. Jamshid Kenjayevning olimida ayblanib Aurum 898 tungi klubining 4 qoriqchisi qamoqqa olindi. Aurum 898 klubi yopib qoyildi, tungi klublar esa23:00 dan keyin ishlamaydigan boldi.

Mavzuga doir:

Aurum 898 tungi klubi qoriqchilari Jamshid Kenjayevni qanday pichoqlagani haqida gapirdi. Marhum sportchining ozi ham tanqid qilindi (video)

Kongilochar maskanlarda qachon tartib boladi?

Video: Tohir Malik nega tungi klublarga boradi?

Lekin bunday qaror bazilar tomonidanburgaga achchiq qilib, korpani yoqishga tenglashtirildi, manaviyat targiboti kasriga erkinliklar, fikrlar xilma-xilligi cheklanayotgani, Toshkent shahri zerikarli bolib qolayotgani aytildi.Gazeta.uz jurnalisti Nikita Makarenkoning Pochemu Manaviyat pogubit Tashkent? maqolasi shu mavzuga bagishlandi.

Makarenkoning fikrlari OzA, Qalampir.uz kabi nashrlarning noroziligiga sabab boldi, javob maqolalar elon qilindi. Natijada manaviyat tushunchasi haqidagi ochiq-oydin bahslar birinchi marta OAVda aks etdi, jumladan, manaviyat targibotiga qarshi fikrlar ham yangradi.

Ikki Sherzod ortasidagi munozara va maktab oquvchilarining televideniye orqali kamsitilishi

Xalqaro press-klubning 12-sentabr kuni Ozbekiston 24 telekanali orqali efirga uzatilgan Talim sohasidagi tub islohotlar davrida ijtimoiy masuliyat va muammolarning zamonaviy yechimlari mavzusidagi sessiyasi davomida 101-maktab oqituvchilari va oquvchilari efirda beruxsat korsatilib, ularning formasi tanqid qilindi. Osha sessiyada asosiy spikerlardan biri sifatida qatnashgan xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov 14-sentabr kuni press-klubning shov-shuvli lavhasini qoralab chiqdi:

Xalq talimi vazirligidagi faoliyatimning boshidayoq formadan kora ancha muhimroq boshqa muammolar borligi haqida gapirib otgan edim. Ammo, afsuski, haligacha kopchilik faqat shu haqda gapirib, shunga chalgib qolmoqda. Hammamiz oqituvchilar obrosini qollab-quvvatlashga harakat qilayotgan bir paytda oquvchilar formasi masalasidan oqituvchining kiyimiga otish notogri boldi, deb oylayman. Hozir yuqori malakali oqituvchilarni topish shundoq ham qiyin. Bundan tashqari, televideniye orqali kimnidir uning roziligisiz salbiy manoda korsatayotgan paytda ularni tanib olish mumkin bolmasligi uchun, yuzlarini yopish zarur. Sivilizatsiyalashgan jamiyatda shaxsning, ayniqsa, bolalarning omma oldida kamsitilishiga yol qoyish mumkin emas!

Xalqaro press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxojayevning vazirning bazi fikrlariga qoshilmasligini bildirdi:

Nima uchun u osha kuni indamadi? Men uning fikrlariga qoshilmayman. Bu bolalarni omma oldida kamsitish emas. Biz maktablardagi haqiqiy ahvolni korsatdik. Agar jamiyat buni shunday qabul qiladigan bolsa, demak, bu jamiyatning muammosi. Nima uchun bolalarning yuzini yashirib qoyish kerak? Biz yuzlarni yashirib qoyish orqali kimnidir tahqirlashni istamaymiz, ular jinoyatchilar emas. Biz ularni ayblayotganimiz yoq.

110-maktab vakillarining malum qilishicha, tasvirga olish guruhi dushanba kuni maktabga kelib, talim muassasini beruxsat syomka qilishni boshlagan. Sherzodxon Qudratxojayevdan bu haqda sorashgan maktab hududida tasvirga olish uchun ruxsatnoma bormidi? Bu davlat maktabi. Davlat teleradiokompaniyasi esa uni tasvirga olyapti. Kimdan ruxsat sorash kerak?, deb javob bergan Qudratxojayev.Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari oquvchilar va oqituvchilar nafsoniyatini himoya qilib, Qudratxojaevga etiroz bildirdi.

Ariqdagi oltovlon voqeasi va Ozbekiston bosh vaziri orinbosarining ishdan boshatilishi

27-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shumshayib turgan, korinishidan ziyoli, rahbarlarga xos qolida bloknot tutgan olti kishining ariq suvida dong qotgan holati tasvirlangan surat tarqaldi. Onlayn nashrlar olib borgan surishtiruv natijasida malum bolishicha, voqea Toshkent viloyatining Oqqorgon tumanida roy bergan. Bosh vazir orinbosari Zoyir Mirzayev tumanga galla ekish va sugorish ishlarini tashkil etish jarayonini tekshirish uchun kelgan, reja bajarilmayotgani uchun javobgar bolgan, shuningdek, ishda kamchiliklarga yol qoygan mansabdorlarni jazolash uchun ariq ichiga tushirib qoygan.

Kun.uz nashri olib borgan surishtiruv natijasida chinakam komediya yuzaga keldi: ariqqa tushgan shaxslar bu ishni oz ixtiyorlariga kora qilganini aytib, bir-biridan mantiqsiz tafsilotlarni ortaga tashladi. Bu jihatdan tuman hokimi orinbosari Sherzod Murodovning hikoyasi qiziq. Murodovga kora, voqea sal boshqacha yuz bergan yani u gallaga suv quyilmaganini aniqlagan va jahl ustida oyoq kiyimi bilan suvga tushgan.

Mana, suv bor-ku, deb, jahl ustida suvga tushdim... Fermerga suvni korsatmoqchi edim. Men ularni suvga tushirmadim. Ularning ozi tushdi. Ariqda suv yoq, deyilgandi. Mana bor, deb tushgandim, ular ham ergashib tushdi. Suvda kop turmadik, bir daqiqa atrofida boldik, deya boshqa manzarani korsatdi Sherzod Murodov.

Suvga ozi anglagan holda tushgan hokim orinbosari nega atrofdagilar, xususan ozining qoli bogliq turganiga izoh bermadi. Uning aytishicha, turish shunaqa.

Shunga qaramay, bosh vazir orinbosarining aybi oshkor boldi. Dastlab ijtimoiy tarmoqlarda mansabini suiistemol qilganamaldorga qarshi oziga xos fleshmob Ariq chellenj otkazildi.

29-oktabr kuni esa Shavkat Mirziyoyev topshirigiga asosan Vazirlar Mahkamasida majburiy mehnatga yol qoymaslik va uning har qanday korinishiga barham berish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi. Unda asosan Oqqorgon voqeasi muhokama qilindi. Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etildi, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari galabadan quvonib bolishiga ulgurmay Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumaniga hokim etib tayinlandi.

Darvoqe, yana ikki qiziq fakt bor. Birinchisi Ariqdagi oltovlon surati Turkiyagacha yetib borib, bir mahalliy gazetada chop etildi.

Ikkinchisi shu surat bilan parallel ravishdaushbu holatga oxshash, ammo qollarida kesak kotargan boshqa olti kishining surati ham tarqaldi. Bu voqea Bekobodda roy bergani aniqlandi, ammo surishtiruvyakuniy xulosalar bermadi kop savollar ochiq qoldi.

Qasamyodchellenj

Noyabr oyi ham internet foydalanuvchilarini zeriktirib qoymadi: viloyatlarda fermerlarga qasamyod ichirish boshlanib ketdi. Bu oziga xos chellenjni Sirdaryo viloyati boshlab berdi u yerda fermerlarnopok ishlarga qol urmaslikka va yaxshi hosil yetishtirishga qasamyod qildi.Sirdaryo haqiqati gazetasi jarayonni juda chiroyli tasvirlab berdi:

Guliston shahri hokimligi qarshisidagi yurt bayrogi maydonida galladan mol hosil yetishtirishga azm-u qaror qilgan Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari oz ahdlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qoshishni, nopok ishlarga qol urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar.

Viloyatda fermerlardan song shifokorlar ham qasamyodga keltirildi. Song estafetani Samarqand viloyati ilib ketdi Kattaqorgonda shifokorlar qasamyod qildi.Chellenjga oxirgi bolib andijonlik fermerlar qoshildi.

Tashabbusning mantiqsizligi ijtimoiy tarmoqlarda kulgi va hazillarga sabab boldi, turli memlar va latifalar urchidi. Rasmiy shaxslardan senator Maqsuda Vorisova qasamyodchilikni tanqid qildi.

* * *

Yil davomida boshqa, kichikroq voqealar ham boldi. Aynan jamoatchilik, jurnalistlar va blogerlar faolligi tufayli ular oz yechimini topdi. Jumladan:

Keng muhokama qilingan masalalar

Konkret shov-shuvli voqea-hodisalardan tashqari, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolar keng muhokama qilindi. Ushbu muhokamalarda, ilgarigidan farqli ravishda, muammolar ochiq aytildi, barcha tomonlarning fikri eshitildi. Bular:

-Ozbekiston havo yollari monopoliyasi;

- OTMga kirish imtihonlarini tartibga solish, qabul kvotalari masalasi va h.k.;

- majburiy obuna masalasi;

- oqituvchilar va tibbiyot xodimlarining oylik maoshi hamda majburiy mehnatga jalb qilinishi masalasi.

Ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-nashrlardan tashqari, blogerlar va jamoatchilik faollari uchun yangi muhokama maydonlari yuzaga keldi.Fikrlar chorrahasi korsatuvi, Munosabat tok-shousi shular jumlasidandir.

Buning natijasida turli sohalarda ozmi-kopmi ozgarishlar roy berdi, choralar korildi, davlat idoralari blogerlar bilan hamkorlik ornata boshladi. Hatto Prezidentning nutqida bloger Farhod Fayzullayevning kanalidan iqtibos keltirilishi etibor qay darajada kuchayganini korsatadi. Shunday qilib,2018-yilda erishilgan eng katta yutuqlar ozbek axborot maydonining shakllanishi, jamoatchilik va rasmiy idoralar ortasida aloqalar yolga qoyila boshlagani boldi.

Muammolar

Tugayotgan yilda muammolar ham yetarlicha boldi. Aytaylik, paxta mavsumida budjet ishchilarini va oquvchilarni noqonuniy mehnatga jalb qilish holatlari kuzatildi; Ozbekkonsertning xurmacha qiliqlari davom etdi; kopgina sohalardagi monopoliya, tanqidlarga qaramay saqlanib qolmoqda. Maktab formasi masalasi ham kop munozaralarga sabab boldi, lekin yechimlar topilmadi.

Bir guruh blogerlarning hibsga olinishi, shuningdek, Facebook, YouTube kabi yirik resurslarning ishlamay qolishi jamoatchilikning xavotiriga sabab boldi. Ushbu saytlarning ochilishi, shuningdek, internet sifatining pastligi bilan bogliq muammolar haligacha yechimini topgani yoq.

Shunday bolishiga qaramay, erishilgan yutuqlar salmogi kattaroqligini inobatga olib, yangi yil soz erkinligi, aholining faollashuvi hamda iqtisodiy osish masalalarida yanada muvaffaqiyatli otishiga ishonib qolamiz.

Eldar Asanov va Isroil Tillaboyev tayyorladi

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-12-2018, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
:
-
:
20 ... -