» » Roberto Firmino — APLdagi eng sermahsul braziliyalik futbolchi

Roberto Firmino — APLdagi eng sermahsul braziliyalik futbolchi


29-dekabr, shanba kuni Angliya premyer ligasining 20-turi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “Arsenal”ni 5:1 hisobida yengdi.

Uchrashuvda “mersisaydliklar” hujumchisi Roberton Firmino 3 ta gol urib, het-trikka erishdi. 27 yoshli braziliyalik futbolchi APL doirasida 43 ta gol urib, “Liverpul”ning sobiq o‘yinchisi Filippe Koutinyodan (41) o‘zib ketdi va musobaning eng sermahsul braziliyalik futbolchisiga aylandi.

Bundan tashqari, u Angliya premyer ligasida bitta o‘yinda 3 ta to‘p kiritgan 3-braziliyalik o‘yinchi bo‘ldi. Bungacha faqat Robinyo (“Manchester Siti”) va Afonso Alvesh (“Midlsboro”) 3 tadan gol urishning uddasidan chiqqandi.

Ma’lumot uchun, APLning joriy mavsumida Firmino  20 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 4 ta golli hammualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют