» » Qozog‘istonda O‘zbekistonning konsullik bo‘limi ish boshladi

Qozog‘istonda O‘zbekistonning konsullik bo‘limi ish boshladi


2018-yil 30-dekabrdan Qozog‘istonda O‘zbekistonning konsullik bo‘limi faoliyat yuritishni boshladi. Bu haqda ТIV Konsullik-huquqiy departamenti ma’lum qildi.

Xabarda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi konsullik bo‘limi Ostona shahrida faoliyat yuritishni boshlashi munosabati bilan 2019- yilning 1-yanvaridan boshlab uning konsullik okrugiga Ostona shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qarag‘anda viloyatlari kirishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, Oqtov shahrida O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ochilguniga qadar 2019-yilning 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil, Qizilo‘rda viloyatlari, shuningdek, Mang‘istau, G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau va Aqto‘be viloyatlari kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют