» » Aziza Yangi yil bilan tabrikladi va “Toshkentim” taronasini ijro etib berdi

Aziza Yangi yil bilan tabrikladi va “Toshkentim” taronasini ijro etib berdi


Mashhur qo‘shiqchi Aziza barchani Yangi yil bilan tabriklab, Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida “Toshkentim” (“Moy Tashkent”) taronasini o‘zbek tilida kuylab berdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

“Barchani, birinchi navbatda o‘z yurtdoshlarimni Yangi yil bilan muborakbod etaman. Hozir ulardan ko‘pi Rossiyada yashaydi. Ularni ko‘rganimda quvonaman, o‘zimni go‘yo Toshkentdagiday his etaman”, — deydi u.

Qo‘shiqchi ko‘chada o‘zbekistonliklarni ko‘rganida ular bilan ona tilida gaplashishdan mamnun bo‘lishini tan oldi.

Avvalroq Aziza o‘z yubileyini Toshkentda nishonlamoqchi ekanligi, shuningdek yubiley konsert dasturi bilan O‘zbekiston poytaxti sahnasida konert berish istagi haqida aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют