» » Medvedevning “sirli imperiyasi” fondlaridan birining rahbari FBKni “siyosiy tashviqot”da aybladi

Medvedevning “sirli imperiyasi” fondlaridan birining rahbari FBKni “siyosiy tashviqot”da aybladi


Rossiyadagi “Korrupsiyaga qarshi kurash fondi” (FBK) olib borgan surishtiruvda mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedevning “sirli imperiyasi” boshqaruvchilaridan biri sifatida ko‘rsatilgan shaxs FBK e’lon qilgan materialni “axborot xuruji” deb atadi.

Meduza nashrining xabar berishicha, mazkur bayonot Medvedevning kursdoshi hisoblangan, hozirda Rossiyaning “Gazprombank” banki boshqaruvi raisi sifatida ishlayotgan Ilya Yeliseyev tomonidan berilgan.

FBK surishtiruvida ma’lum qilinishicha, Yeliseyev Medvedevga go‘yoki sovg‘a qilingan mulklarni boshqaruvchi “Dar” va “Sotsgosproyekt” jamg‘armalarining kuzatuv kengashiga rahbarlik qiladi.

Yeliseyevning aytishicha, u boshqarayotgan notijorat tashkiloti qonun tomonidan ruxsat etilgan xo‘jalik va boshqa xayriya maqsadlaridagi faoliyat bilan shug‘ullanadi. U jamg‘armalarning siyosatchilar va davlat xizmatchilari bilan har qanday aloqasini inkor etdi.

“Yaqinda kuzatilgan axborot xurujlari yaqqol siyosiy tashviqot namunalaridir va hech qanday haqiqiy asosga ega emas”, — deyiladi Ilya Yeliseyevning bayonotida.

2-martda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning “Korrupsiyaga qarshi kurash fondi” Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev notijorat tashkilotlari tarmog‘i orqali egalik qiladigan mol-mulk haqida surishtiruv e’lon qildi.

FBKga ko‘ra, hukumat rahbari nazorati ostidagi jamg‘armalar Alisher Usmonov va Leonid Mixelson kabi milliarderlardan sovg‘a va xayriya mablag‘lari olgan. FBK Medvedevga o‘tkazib berilgan umumiy summa 70 milliard rublni tashkil etishini ma’lum qildi.

Medvedovning matbuot kotibi Natalya Timakova e‘lon qilingan surishtiruvga izoh berishdan bosh tortib, Navalniyni “muxolifatchi va sudlangan personaj” deb atadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют