» » Magnitogorskda gaz portlashi tufayli ko‘p qavatli uy podyezdi qulab tushishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi

Magnitogorskda gaz portlashi tufayli ko‘p qavatli uy podyezdi qulab tushishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi


Magnitogorskda maishiy gaz portlashi tufayli ko‘p qavatli uy podyezdi qulab tushishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Eng og‘ir jarohatni 36 yashar O‘zbekiston fuqarosi oldi. U vayronalar ostida 7 soat qolib ketgan, oxirida chiqarib olindi. Qovurg‘alari singan, qorin bo‘shlig‘i shikastlangan, qoratalog‘i yorilgan. U operatsiya qilindi, hozirda jonlantirish bo‘limida”, — dedi Skvorsova.

Vayron bo‘lgan podyezdda jami 120 kishi yashagan. Hozirda 30 nafardan ortiq kishining taqdiri noma’lum bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют