» » Magnitogorskdagi portlash qurbonlari soni 7 kishiga yetdi

Magnitogorskdagi portlash qurbonlari soni 7 kishiga yetdi


Magnitogorskdagi maishiy gaz portlagan ko‘p qavatli uy vayronalari ostidan yana 3 kishining jasadi aniqlandi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinchev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Yana uch nafar halok bo‘lganning jasadini kuzatyapmiz, biroq chiqarib ololmaymiz. Ehtiyot bo‘lib ishlayapmiz, chunki konstruksiyalar qulab tushishi xavfi bor”, — dedi vazir.

Shu tariqa hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetdi. Oldinroq 4 kishi halok bo‘lgani,   5 kishi kasalxonaga yotqizilgani va 40 nafargacha odam bilan aloqa o‘rnatib bo‘lmayotgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют