» » Donald Tramp Meksika bilan chegarada quriladigan devorni Barak Obama uyining atrofidagi devor bilan qiyosladi

Donald Tramp Meksika bilan chegarada quriladigan devorni Barak Obama uyining atrofidagi devor bilan qiyosladi


Donald Tramp AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning uyi uch metrlik devor bilan o‘ralgani hamda AQSh ham o‘z atrofida shunday devor qurishga haqli, deb o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirgan.

President and Mrs. Obama built/has a ten foot Wall around their D.C. mansion/compound. I agree, totally necessary for their safety and security. The U.S. needs the same thing, slightly larger version!

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) December 30, 2018

Sobiq Prezident Barak Obama hamda uning turmush o‘rtog‘i Kolumbiya okrugidagi 10 fut balandlikdagi devor bilan o‘ralgan uyda yashaydi. Men bu xavfsizlik nuqtai nazaridan qilingan qaror ekanligiga qo‘shilaman. AQSh ham xuddi shunday xavfsizlikka muhtoj, biroq kattaroq o‘lchamga muhtoj.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

Ma’lumot uchun, 21-dekabr kuni AQSh Kongressi vakillar palatasi Meksika bilan chegarada devor barpo etishga 5,7 milliard dollar ajratishni ko‘zda tutuvchi vaqtinchalik budjet bo‘yicha qarorni qabul qildi. Budjetni endi Senat tasdiqlashi kerak edi.

Biroq 22-dekabr kuni Kongress Meksika bilan chegaradagi devor qurilishi uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutuvchi budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют