» » Marin Le Pen soxta ish o‘rinlari haqidagi ish bo‘yicha sudga chaqirildi

Marin Le Pen soxta ish o‘rinlari haqidagi ish bo‘yicha sudga chaqirildi


Fransiyaning “Milliy front”i yetakchisi Marin Le Pen sudga chaqirildi, unga Yevroparlament a’zolari yordamchilarini yolg‘ondan ishga yollash haqidagi ish bo‘yicha ayblovlar e’lon qilinishi mumkin, deb yozadi “Kommersant” AFP’ga tayanib.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Le Pen xonim prezidentlik kampaniyasi tugamagunicha sud majlisiga bormoqchi emasligini ma’lum qildi. Marin Le Pen o‘z partiyasi kabi, barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Le Pen xonimni Yevroparlamentdagi faoliyati chog‘idayoq Yevroittifoqdan qabul qilingan mablag‘larni sarf qilib yuborganlikda gumon qilishmoqda. O‘shanda u, go‘yoki  Yevroittifoq tomonidan maosh to‘lanadigan Yevroparlament a’zolari yordamchilari uchun ish o‘rinlarini yaratgan, aslida esa pul “Milliy front” a’zolariga to‘langan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroparlament deputatlari Fransiya “Milliy fronti” yetakchisi Marin Le Penni deputatlik daхlsizligidan mahrum etish uchun ovoz bergandi.

Опубликовано: admin (4-03-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют