» » Tramp Suriyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketishni 4 oyga uzaytirdi

Tramp Suriyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketishni 4 oyga uzaytirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadan 2 ming amerikalik harbiy xizmatchini olib chiqish muddatini to‘rt oygacha uzaytirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda prezident ma’muriyatidagi manbalariga tayanib, New York Times xabar bermoqda, deb yozadi “Kommersant”.

Avvalroq Tramp harbiylarning olib chiqib ketilishi 30 kun davomida yakunlanishini ma’lum qilgan edi.

AQSh prezidenti keyinroq manbalar so‘zlarini bilvosita tasdiqladi. “Donald Trampdan boshqa kimdir IShID sababli tartib bo‘lmagan Suriyada men amalga oshirgan ishni qilganda milliy qahramon bo‘lar edi”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida. Uning so‘zlariga qaraganda, qo‘shinlar olib chiqilishi muddatining uzaytirilishi IShID qoldiqlarini yo‘q qilish uchun zarur.

Eslatib o‘tamiz, 19-dekabr kuni Tramp Suriyadan Amerika qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют