» » O‘zbekistonda Yangi yilning birinchi kunida 1 228 ga yaqin chaqaloq dunyoga keladi

O‘zbekistonda Yangi yilning birinchi kunida 1 228 ga yaqin chaqaloq dunyoga keladi


O‘zbekistonda Yangi yilning birinchi kunida 1 228 ga yaqin chaqaloq dunyoga keladi. Bu haqda bugun, 1-yanvar kuni YuNISEF ma’lum qildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

O‘zbekiston 1-yanvar kuni dunyoga kelgan chaqaloqlar soni bo‘yicha Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Rossiya, Turkiya va Ukrainadan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallamoqda.

Dunyo mamlakatlari Yangi yilni nafaqat bayram tadbirlari, balki eng yangi va eng kichkina fuqarolarni qarshi olish bilan kutib oladi. Yangi yilda 395 072 nafar chaqaloq dunyoga keladi, oilalar o‘z farzandlarining dunyoga kelganini nishonlaydi. Biroq ba’zi mamlakatlarda ko‘plab bolalar yashab keta olmaydi.

2017-yilda butun dunyo bo‘yicha 1 millionga yaqin bola tug‘ilgan kunining o‘zida, 2,5 millioni hayotining birinchi oyida vafot etgan.

Oxirgi 30 yil davomida bolalarning yashab ketishida sezilarli o‘sish kuzatilgan, natijada besh yoshgacha vafot etayotgan bolalar soni yarmidan ko‘pga qisqargan.

O‘zbekistonda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi sezilarli darajada qisqargan bo‘lsa-da, bu yoshdagi bolalar o‘limining 57 foizi hayotining dastlabki 28 kunida yuz beradi.

YuNISEF barcha mamlakatlarni har bir ona va chaqaloqqa sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun investitsiyalar jalb etishga chaqiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 66) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют