» » Farg‘onada 209 ta ehtiyojmand oilaga yangi uylarning kaliti topshirildi

Farg‘onada 209 ta ehtiyojmand oilaga yangi uylarning kaliti topshirildi


Farg‘onada kam ta’minlangan oilalar vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga 209 ta yangi uylarning kaliti topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Farg‘ona tumani “Mindonobod” mavzesida 105 ta, Uchko‘prik tumani “Mullazoyir” mavzesida 104 ta zamonaviy uy bunyod etildi. Viloyat hokimligi tomonidan zarur jihozlar bilan ta’minlangan ikki va uch xonali xonadonlar Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari, Toshloq, Qo‘shtepa, Farg‘ona, Uchko‘prik tumanlarida yashovchi bir guruh imkoniyati cheklangan fuqarolarga sovg‘a qilindi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev yangi xonadon egalarini qutlab, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda ekanligini ta’kidladi.

— Besh farzandim va nabiralarim bilan bir xonadonda istiqomat qilishga majbur edik. Endi keng, shinam, barcha sharoitlari bo‘lgan uch xonali uyga ega bo‘ldim. Bu menga chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi, — deydi Quvasoy shahridagi “Yuqori Muayn” MFYda yashovchi Muhabbat Dadajonova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют