» » Qo‘qonda fuqaroning uyidan 5000 dona “Tramadol” topildi

Qo‘qonda fuqaroning uyidan 5000 dona “Tramadol” topildi


Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida IIB va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, T.K. ismli ayolning uyidan 5000 dona “Tramadol” psixotrop dori vositasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Shu kuni Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro Yu.Yu.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadon hammomidan 20 ta kassetada jami 200 dona “Tramadol” va 2 ta kassetada jami 28 dona “Lirika” psixotrop dori vositalari topilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2018-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan psixofaol dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yish maqsadida ushbu dori vositalari giyohvandlik vositalarining analoglari sifatida baholangan.

Endilikda “Tramadol” dori vositasi bilan muomala qilgan har qanday shaxs Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, “Lirika” dori vositalarini noqonuniy sotgani uchun esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga binoan jazoga tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют