» » AQShda yomon ob-havo sababli yetti kishi halok bo‘ldi

AQShda yomon ob-havo sababli yetti kishi halok bo‘ldi


So‘nggi bir necha kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarining shimoli va g‘arbida 30 santimetrgacha qor yog‘di. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

AQShda yomon ob-havo sababli kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Ularning aksariyati yo‘llar muzlashi va haddan ko‘p yog‘ingarchiliklar sababli YTH oqibatida halok bo‘lgan.

27-dekabrdan mamlakatda yuzlab aviareyslar bekor qilindi, yana mingtasi ko‘chirildi. Shimoliy va Janubiy Dakota, Minnesota, Kanzas va Ayova shtatlarida avtomagistrallar to‘sib qo‘yildi.

Meteorologlar mamlakatning boshqa qismlarida ham kuchli qordan ogohlantirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11-dekabr kuni AQShning janubi-sharqida kuchli qor yog‘ish boshlandi. Virjiniya, Shimoliy va Janubiy Karolina va Tennessining ayrim tumanlarida bir necha kunda 30 dan 60 santimetrgacha qor yog‘di.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют