» » Kreml Belarus bilan “qayta birlashish” rejasini izohladi

Kreml Belarus bilan “qayta birlashish” rejasini izohladi


Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Belarus rahbarlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi muzokaralar haqida gapirar ekan, bu yerda respublikalarning qo‘shilishi haqida hech qanday gap ketmaganligini aytdi. Bu haqda “Pyatiy kanal” xabar berdi.

“Davlat rahbarlarining muzokaralari birinchi navbatda Moskva va Minskning “bir-biriga nisbatan” harakatlariga taalluqli”, — deydi Peskov.

Uning qayd etishicha, bu hech qanday tashvish tug‘dirishi mumkin emas, sababi barcha uchun birday manfaatlidir.

Kreml matbuot kotibi 29-dekabr kuni Kremlda rahbarlar o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy mavzusi Lukashenkoni qabul qilishni istagan soliq manyovri va tovon puli masalasi bo‘lganligini aytdi.

Peskov muzokaralar “muvaffaqiyatli” o‘tdi deb aytmadi. Uning ta’kidlashicha, tomonlar bunday nozik masalani hal qilishi uchun uzoq vaqt talab etadi. Shu bilan birga, Peskov Rossiya va Belarus bir kelishuvga erishishidan umidvor.

— Bu juda murakkab masala bo‘lgani uchun, keskin ijobiy yechim kutish juda qiyin. Bundan tashqari, u qadar katta bo‘lmasa ham muhmlikdan qolishmaydigan muammolar mavjud, — deydi Peskov.

Putin va Lukashenko o‘rtasidagi mazkur muzokara ushbu haftadagi ikkinchisi bo‘ldi.

Rossiya va Belarus Ittifoq davlatlari 1999-yilning aprel oyidan buyon mavjud. Aynan o‘shanda Boris Yelsin va Aleksandr Lukashenko tegishli shartnomani imzolagan. Biroq ular to‘liq ma’noda davlatga aylanmadi — ikkala mamlakat ham suverenitetni saqlab qoldi. Hozirgi kunda Ittifoq davlati Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi iqtisodiyoti, madaniyati va bojxona tizimining integratsiyasi uchun asos sifatida ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют