» » Xitoy haqidagi siz kutmagan 4 ta fakt

Xitoy haqidagi siz kutmagan 4 ta fakt


Pekinlik ko‘rinmas odam, “Avatar” uchun asos bo‘lgan Xitoy manzarasi, qora choy ichmaydigan choyxo‘rlar, ovqatlanish so‘ngida tortiladigan guruch — maqolada Xitoy haqidagi ana shunday kutilmagan faktlar bilan tanishasiz.

Lyu Bolin — Pekindagi 798-art tumanning eng mashhur rezidentlaridan. 43 yoshli rassom o‘z fotografik shohasarlari bilan tanilgan, ushbu fotosuratlarda u shunday grim qilinganki, atrof-muhit fonida to‘liq yo‘qolib ketgan.

Obrazlarni uning o‘zi yaratadi, bo‘yoq va grimni esa unga yordamchilari surib qo‘yadi, buning uchun u bo‘lg‘usi kadr joyida o‘n soatlab qimirlamay turishiga to‘g‘ri keladi. Lyuning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa u kundalik yugur-yugurlar ortida ko‘rinmay ketadigan oddiy odamning hayotiga jamoatchilik diqatini qaratishga urinadi.

G‘arb kinojamiyatining katta qismi shov-shuvli “Avatar” 3D filmidagi manzaralar film yaratuvchilari tomonidan “nol”dan boshlab chizilgan yoki rejissor Jeyms Kemeronning tushida ayon bo‘lgan, va faqat kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan, deb o‘ylaydi.

Aslida esa Pandora manzaralari Xitoyning Xunan provinsiyasidagi kvars va qumtoshdan hosil bo‘lgan ustunlari bilan taniqli Chjanszyasze tabiat bog‘idan ko‘chirilgan.

Buning ustiga, Xitoyda u qora emas, qizil deb ataladi, uning qizg‘ish-karamel rangini hisobga olganda, bu mantiqqa to‘g‘ri keladi. Qora deb esa xitoyliklar ba’zan puer choyini atashadi.

Zamonaviy Xitoy aholisi orasida ko‘k choy, gulli choy va ulun ommabop, qizil choyni esa kamdan-kam ichishadi.

Xitoyliklar uyda bo‘ladimi, restoranda bo‘ladimi, biz garnir deb ataydigan yegulikni eng so‘ngida yeyishadi. Agar guruchni kechki taomning boshida keltirishni so‘rasangiz (ovqatning achchiq ta’mi va yog‘liligini guruch bilan bosmoqchi bo‘lgan chet elliklar chunday qiladi), ofitsiantning taajjubga to‘la nigohini uchratishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (4-03-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...