» » Tokioda haydovchi “o‘lim jazosi” uchun qasos olish maqsadida Yangi yilni nishonlayotgan odamlar ustiga bostirib borgan

Tokioda haydovchi “o‘lim jazosi” uchun qasos olish maqsadida Yangi yilni nishonlayotgan odamlar ustiga bostirib borgan


Yaponiya poytaxti Tokio shahrining Sibuya tumani hududida haydovchi Yangi yil bayrami kechasida olomon ustiga bosib bordi. To‘qqiz kishi jarohat olgan. 21 yoshli Kadzuxiro Kusakaba qo‘lga olingan. U bu ishlarni “o‘lim jazosi” uchun qasos sifatida qilganini aytgan. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Qo‘lga olingan kishining aytishicha, u ijaraga olingan mashinada ko‘proq odamlar yig‘ilishini kutgan. Yarim tundan so‘ng u olomon ustiga mashinani haydagan va bir necha kishini urib ketgan. Shundan so‘ng u mashinadan chiqqan va qochishga urinib, yonida turgan odamlarni urgan. 20 daqiqadan so‘ng politsiya uni qo‘lga olgan. Uning mashinasidan kerosin solingan idish topilgan. Olomon ustiga bostirib borganidan keyin erkak mashinani yoqib yuborishni rejalashtirgani taxmin qilinmoqda.

Politsiya bo‘limida Kusakaba dastlab teraktni amalga oshirganini aytgan, keyin esa “o‘lim jazosi” uchun qasos olganini ma’lum qilgan. Hozircha uning qandaydir kishiga belgilangan o‘lim jazosi yoki Yaponiyada mavjud o‘lim jazosi haqida gapirgani noma’lum.

Yoshlar orasida ommabop bo‘lgan ko‘cha hodisa yuz bergan vaqtda mashinalar harakati uchun yopiq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют