» » Spotify musiqiy servisining pul to‘lovchi obunachilari soni 50 millionga yetdi

Spotify musiqiy servisining pul to‘lovchi obunachilari soni 50 millionga yetdi


Spotify musiqiy servisi pulli obunachilari soni 50 million kishiga yetganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

O‘tgan yilning sentabridagina servisdan 40 million kishi foydalanardi, kompaniya fikricha, foydalanuvchilar sonining o‘sishini “yetarlicha izchil” deb atash mumkin.

Techcrunch ma’lumotlariga ko‘ra, Spotify’ning ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni bo‘yicha umumiy auditoriyasi 100 million kishini tashkil etadi, ushbu ko‘rsatkichga kompaniya 2016-yilning iyunidayoq erishgan edi.

Ayni paytda Spotify’dan 60 dan ortiq mamlakatlarda foydalanish imkoniyati mavjud, uning musiqiy katalogi esa 30 milliondan ziyod qo‘shiqlarni o‘z ichiga oladi.

Опубликовано: admin (4-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют