» » Qariyb 60 ming yaponiyalik imperator Akixitoni Yangi yil bilan tabriklash uchun keldi

Qariyb 60 ming yaponiyalik imperator Akixitoni Yangi yil bilan tabriklash uchun keldi


Tokio markazidagi imperator qasriga 58 mingga yaqin yaponiyalik tashrif buyurib imperator Akixito va uning rafiqasi Mitikoni Yangi yil bilan tabrikladi, deb xabar berdi “TASS”.

Yaponiyaliklar Yangi yil munosabati bilan imperatorni tabriklash imkoniyatiga so‘nggi marta ega bo‘lmoqda, sababi 2019-yilning 30-aprelida imperator keksayib qolgani bois iste’foga chiqadi. 1-may kuni esa imperatorning to‘ng‘ich o‘g‘li Naruxito taxtga o‘tiradi.

“Sizlarni Yangi yil bilan tabriklayman! Men ushbu bayramni musaffo osmon ostida, sizlar bilan qarshi olayotganimdan mamnunman. Yangi yil barchamiz uchun omadli kelishini tilayman. Men Yaponiya xalqi va butun dunyo tinchligi hamda saodati uchun duo qilaman”, — deydi imperator o‘z tabrigida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют