» » Pompeo va Netanyaxu Eron tahdidini muhokama qildi

Pompeo va Netanyaxu Eron tahdidini muhokama qildi


AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan Eron tahdidini muhokama qildi va Isroilni o‘zini o‘zi himoya qilish huquqiga Qo‘shma Shtatlarning tarafdoriligiga ishonch bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Robert Palladinoning bayonotda aytilishicha, davlat kotibi Maykl Pompeo bugun Braziliya poytaxtida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashdi.

Ular Isroil va mintaqaning xavfsizligi va Eron tomonidan qilingan tajovuz bilan tahdid qilishning mumkin emasligini muhokama qildi. AQSh davlat kotibi va bosh vazir ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek Braziliya bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash intilayotganini ta’kidladi.

Pompeo va Netanyaxu Janubiy Amerikaning prezidenti Jair Bolsonaruning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Braziliya poytaxtiga kelgandi. Muzokaralar boshlanishidan avval, Pompeo AQShning Yaqin Sharqdagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Isroil bilan hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют