» » O‘zbekistonda yangi moliyaviy piramida — ko‘rshapalak uyasi ommalashmoqda

O‘zbekistonda yangi moliyaviy piramida — ko‘rshapalak uyasi ommalashmoqda


O‘zbekistonda yangi moliyaviy piramida — ko‘rshapalak uyasi ommalashmoqda.

Keyingi oylarda avom orasida, bozorlarda, choyxonalarda hech kim tanimagan, ilgari hech kim ko‘rmagan odamlarning ko‘rshapalak uyasi sotib olayotganliklari, bu orqali katta pul ishlash mumkinligi borasida ajabtovur gaplar paydo bo‘lmoqda.

Oldindan ogohlantiramiz: bu moliyaviy piramida. Bu kabi oldi-sotdi obyekti qobig‘ida o‘ralgan chalg‘ituvchi piramidalar ilgari giryalar va tikuv mashinalari misolida namoyon bo‘lgan.

Ko‘rshapalak uyasi ham, girya ham, eski tikuv mashinalari ham qiymat manbai emas, ularni sotib olish orqali iqtisodiy, numizmatik yoki tarixiy qo‘shimcha qiymat yaratilmaydi. Sovun pufagi singari shishiriladigan bu kabi sxemalardan faqat piramida fundamentida turganlargina manfaatdor bo‘ladi.

Piramida hayotining qolgan barcha bosqichlarida qo‘shilganlar faqat qurbon bo‘lish funksiyasini bajaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют